NEWS&MEDIA
NEWS&MEDIA
This is a notice from Seoul Cyber University.
SEUL KIBERNETIKA UNIVERSITETI | |||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Dt | 2019.07.11 | Hit | 3926 | ||||||||||||||||
SEUL KIBERNETIKA UNIVERSITETI
2. Seul Kibernetika Universiteti haqida
Seul Kibernetika Universiteti Koreya Respublikasining eng nufuzli kibernetika oliy ta’lim muassasi hisoblanib, to’rt yillik bakalavriat hamda ikki yillik magistratura bosqichlarida faqatgina onlayn tarzda dars olib boriladigan universitetdir. Seul Kibernetika Universitetida Koreya Respublikasining yetakchi professorlari va nufuzli chet el dargohlarida doktorlik darajasini olgan professorlar onlayn darslarni olib borishadi.
2019-yil kuzgi o’quv yilidan boshlab Seul Kibernetika Universiteti O’zbekistonlik talabalarni onlayn o’quv tizimi asosida o’qishga qabul qiladi. Universitetga qabul qilingan barcha talabalar masofadan turib onlayn darslarga qatnashish, universitet stipendiya dasturlarini yutish hamda Koreya va AQSh da o’tkaziladigan ilmiy seminarlarda bevosita qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Seul Kibernetika Universitetiga kollej yoki litsey diplomiga ega bo’lgan, ingliz tilida ravon gaplasha oladigan barcha yoshlar hujjat topshirish imkoniga egadirlar.Qabul IT sohasi ? Software Engineering ga amalga oshirilib, mobil muhandislik, kompyuter kodlash kabi informatsion texnologiya bilimlarini rivojlantish amaliy darslari tashkil etiladi. Shuningdek, IT sohasida dunyo talablariga javob beruvchi, 4-sanoat inqilobi davriga mos keluvchi mutaxassislar tayyorlanadi. Universitetni tamomlagan talabalar turli sohalarda (crypto designer/analyst/developer, blockchain specialist, data analyst, digital branding expert, cyber personnel, IT consulting, network securer, game coding expert va boshqalar) yetakchi mutaxassis bo’lib yetishadi. Bundan tashqari, koreys tili darslari ham tashkil etilib, bu keyinchalik koreys kompaniyalarida bevosita ishlash imkoniyatini yaratadi.
|