본문 바로가기 주요메뉴 바로가기 하위메뉴 바로가기

SCU - SEOUL CYBER UNIVERSITY

메뉴열기
  • 서울사이버대학교 페이스북
  • 서울사이버대학교 트위터
  • 서울사이버대학교 카카오스토리
  • 서울사이버대학교 카카오톡
  • 서울사이버대학교 네이버밴드
  • SNS공유 닫기

NEWS&MEDIA

NEWS&MEDIA

This is a notice from Seoul Cyber University.

BOARD VIEW
SEUL KIBERNETIKA UNIVERSITETI
Dt 2019.07.11 Hit 3947

SEUL KIBERNETIKA UNIVERSITETI  

 

     
 


Universitetga qabul bo’yicha murojaat
E-mail manzil : seoul_tashkent@iscu.ac.kr
Telefon raqam : +998 95 170 4941  

 

 


1. Seul Kibernetika Universiteti                       

 

Tashkil etilgan sana 2000-yil dekabr
Rektor Lee In Ju
Talabalar soni Umumiy 11,143 kishi (Bakalavr: 10,747 kishi. Magistratura: 396 kishi; 2019-yil aprel oyi ma’lumoti)
Bitirgan talabalar soni Umumiy 34,051kishi (Bakalavr: 33,395 kishi. Magistratura: 656 kishi; 2019-yil fevral oyi ma’lumoti)
Asosi Kibernetika oliy maktabi asosida tashkil etilgan (4 yillik oliy ta’lim muassasi)
Fakultetlar Bakalavr bosqichida 8 ta fakultet va 30 ta yo’nalish
Magistratura bosqichida 2 ta fakultet
Manzil Seul shahri, Kangbukku, Solmaero 47, 60
Rasmiy sayt (rasmiy sayt) http://www.iscu.ac.kr http://www.iscu.ac.kr/global/eng/   (E-mail manzil) seoul_tashkent@iscu.ac.kr

 

 

 



2. Seul Kibernetika Universiteti haqida

                                                                                  

Seul Kibernetika Universiteti Koreya Respublikasining eng nufuzli kibernetika oliy ta’lim muassasi hisoblanib, to’rt yillik bakalavriat hamda ikki yillik magistratura bosqichlarida faqatgina onlayn tarzda dars olib boriladigan universitetdir. Seul Kibernetika Universitetida Koreya Respublikasining yetakchi professorlari va nufuzli chet el dargohlarida doktorlik darajasini olgan professorlar  onlayn darslarni olib borishadi.
2000-yilda universitet maqomini olgan Seul Kibernetika Universiteti Koreya Respublikasi Ta’lim Vazirligi tomonidan doimiy ravishda birinchi raqamli kibernetika universiteti sifatida tan olinib kelinmoqda. 2019-yil holatiga ko’ra hozirda 11 mingga yaqin talaba universitet onlayn darslari bo’yicha saboq olmoqda.

 

 

 


3. Seul Kibernetika Universitetiga qabul                                            

 

2019-yil kuzgi o’quv yilidan boshlab Seul Kibernetika Universiteti O’zbekistonlik talabalarni onlayn o’quv tizimi asosida o’qishga qabul qiladi. Universitetga qabul qilingan barcha talabalar masofadan turib onlayn darslarga qatnashish, universitet stipendiya dasturlarini yutish hamda Koreya va AQSh da o’tkaziladigan ilmiy seminarlarda bevosita qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Seul Kibernetika Universitetiga kollej yoki litsey diplomiga ega bo’lgan, ingliz tilida ravon gaplasha oladigan barcha yoshlar hujjat topshirish imkoniga egadirlar.Qabul  IT  sohasi ? Software Engineering ga amalga oshirilib, mobil muhandislik, kompyuter kodlash kabi informatsion texnologiya bilimlarini rivojlantish amaliy darslari tashkil etiladi. Shuningdek, IT sohasida dunyo talablariga javob beruvchi, 4-sanoat inqilobi davriga mos keluvchi mutaxassislar tayyorlanadi. Universitetni tamomlagan talabalar turli sohalarda (crypto designer/analyst/developer, blockchain specialist, data analyst, digital branding expert, cyber personnel, IT consulting, network securer, game coding expert va boshqalar) yetakchi mutaxassis bo’lib yetishadi. Bundan tashqari, koreys tili darslari ham tashkil etilib, bu keyinchalik koreys kompaniyalarida bevosita ishlash imkoniyatini yaratadi.

 

 

 

 

 


퀵메뉴

페이지 상단으로 이동